Ro‘za ruhiy kasalliklardan ham himoya qiladi
Tibbiy-ilmiy izlanishlar natijasida ro‘zaning turli jismoniy va ruhiy kasalliklardan himoyalanishda va ularning oldini olishda foydasi borligi sobit bo‘ldi. Bu borada Azon.uz ba’zi misollarni keltirdi:
1. Ro‘za insondagi kasalliklarga qarshi qobiliyatni (immunitetn) kuchaytiradi, chunki ro‘za tutgan odamda ushbu maqsadga xizmat qiluvchi hujayralar o‘n marta ko‘payishi ilmiy ravishda sobit bo‘lgan.
2. Ro‘za tutgan odamda semizlikka qarshi mone’lik paydo paydo bo‘ladi, chunki odatda semizlik ovqat hazm qilishdagi nuqsonlar, atroh-muhitdagi nafsoniy va ijtimoiy ta’sirlar orqali kelib chiqadi. Gohida ruhiy iztirob ham ovqatni noto‘g‘ri ta’sir qilishiga borishi mumkin. Bunday omillardan ro‘za tutish orqali saqlanish mumkin. Ro‘za tutgan odam ruhiy, aqliy barqarorlikka ega bo‘ladi, chunki ro‘zador odam vaqtini iymoniy muhitda, ko‘p ibodat, zikr, Qur’on tilovati bilan o‘tkazadi, achchiqlanish, asabiylashishdan, urush-janjallardan yiroq bo‘ladi.
3. Ro‘za buyrakda toshlar yig‘ilishidan saqlaydi, chunki ro‘za tutgan odamning qonida soda ko‘payib, kaliy tuzlari to‘planishini to‘xtadadi. Shuningdek, ro‘zadorning peshobida peshob yo‘llaridagi tuzlarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan moddalar ko‘payishi ham ilmiy ravoshda isbotlangan.
4. Ro‘za inson jismini to‘qimalarda to‘planib qoladigan turli zaharli moddalardan tozalashga yordam beradi. Ma’lumki, oziq-ovqat, dori-darmon va havo orqali inson jismiga ko‘plab zaharli moddalar kirib, to‘planib qoladi. Ana o‘sha moddalar faqat ro‘za tutish orqali chiqib ketadi.
5. Ro‘za jinsiy maylning kuchini qirqadi. Bu esa ayniqsa yoshlar uchun juda foydali bo‘lib, jismni turli asabiy va jismoniy iztiloblardan saqlaydi. Bu holat ham ilmiy tajribalar orqali isbot qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter