Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadan pul olib chiqishda O‘zbekiston — ikkinchi

Rossiyadan pul olib chiqishda O‘zbekiston — ikkinchi

Foto: «Nippon.com»

2021-yilning uchinchi choragida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyadan O‘zbekistonga 1,6 milliard dollar pul yuborishdi. «Sputnik Tojikiston» yozishicha, bu MDH «gastarbayterlari» orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Solishtirish uchun: Qirg‘izistonga — $619 mln., Tojikistonga — $534 mln., Ozarbayjonga — $281 mln., Armanistonga — $268 mln. jo‘natilgan.

MDHga kiruvchi mamlakatlarga 2021-yilning uchinchi choragida jami $ 3,8 mlrd. yuborilgan.

E’tiborli jihati, xususiy pul o‘tkazmalari Rossiyadan eng ko‘p jo‘natilgan mamlakat MDHga a’zo bo‘lmagan va turgan gapki, o‘z «gastarbayter»larini yubormaydigan Shveysariya — $1,8 mlrd. Bu pullar kimlarniki ekanini ham taxmin qilish qiyinmas.

Keyingi o‘rinlarda:

  • AQSh — $698 mln.
  • Buyuk Britaniya — $587 mln.
  • Germaniya — $311 mln.
  • Turkiya — $277 mln.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring