Rossiyada samarqandlik qahramon medalga tavsiya etildi
Samarqandlik Nuriddin Qirg‘izov Moskva viloyatining Pushkinо tumani Sofrino qishlog‘i yaqinida yong‘in ichida qolgan uyni ko‘rib, uy ichidagi keksa ayolni qutqaraman deb, jarohatlanib, Pushkin shahridagi shifoxonaning reanimatsion bo‘limida sun’iy ventilyasiya (shamollatish) yordamida davolanayotgani haqida xabar bergan edik.
Moskva shahridagi O‘zbekiston elchixonasining xabariga ko‘ra, 1976-yil 7-noyabrda Samarqandda tug‘ilgan Nuriddin Qirg‘izov hozir shifoxonaning reanimatsiya bo‘limidan travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilgan. TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, elchixona xodimi uning holidan xabar olgani borgan.
Pushkinо shahri ma’muriyatining xabar berishicha, O‘zbekiston fuqarosi Nuriddin Qirg‘izov qahramonlik ko‘rsatib, Rossiya fuqarosini yong‘indan saqlab qolgani uchun medalga tavsiya etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter