Rossiyada ishlash istagida bo‘lganlar uchun yangilik e’lon qilindi
Rossiya Federatsiyasining qator korxonalari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan mehnat faoliyatini amalga oshirishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.
Ushbu kelishuvlarga ko‘ra, qurilish, qishloq xo‘jaligi, baliq va parranda go‘shtini qayta ishlash sohalarida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz quyidagi tartib va shartlarda Rossiyaga jo‘nab ketishi mumkin:
- Toshkent – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi – 5 mln. so‘m (PSR testi ham shu summa ichiga kiradi);
- Aviareys ish beruvchilarning O‘zbekistondagi ishonchli vakili «PANORAMA BOLALAR UYI» MChJ tomonidan tashkil etiladi;
- Rossiya hududida ishga rasmiylashtirish kafolatlanadi;
- ish haqi 35 ming rubldan (bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib) boshlanadi;
- patent rasmiylashtirish va ovqatlanish xarajatlari fuqaro hisobidan amalga oshiriladi.
Nomzodlar uchun talablar:
- 18-50 yosh oralig‘ida bo‘lish;
- rus tilini boshlang‘ich darajada bilish;
- qurilish, qishloq xo‘jaligi, baliq va parranda go‘shtini qayta ishlash sohalarida ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Rossiya hududiga kirishga taqiq bo‘lmasligi kerak.
Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 77 va 88), 71 200-00-61 yoki 1282 (qisqa raqami).
Elektron ro‘yxatdan o‘tish ham mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter