Rossiyada o‘zbeklarga yoppasiga ish taklif qilinmoqda
Rossiya Federatsiyasining bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o‘lkasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qurilish sohasida 10 mingta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berishicha, fuqarolar nomiga Rossiya Federatsiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi.
Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta’minlanadi.
Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.
Fuqarolarga qurilish sohasining 60 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar taklif etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter