Rossiya O‘zbekistonga hujumkor vertolyotlar yetkazib beradi
![Rossiya O‘zbekistonga hujumkor vertolyotlar yetkazib beradi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1842188971.jpg)
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 10 ta Mi-35 vertolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«Kelishuvlarga muvofiq, Mi-35 vertolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladik va O‘zbekiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Gap 10 dan ortiq mashina haqida ketyapti», deb ta’kidladi Rossiya Federatsiyasi harbiy-texnikaviy hamkorlik federal xizmati direktori o‘rinbosari.
Ta’kidlash joizki, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi harbiy hamkorlik Shavkat Mirziyoyev davrida yangi bosqichga ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy texnikaviy hamkorlik bitimi 2016-yilda imzolangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter