Rossiya fuqaroligini olayotgan o‘zbekistonliklar ko‘paymoqda
2019-yilda Rossiya fuqaroligini olayotgan xorijiy davlat fuqarolari o‘tgan yilga nisbatan 48 foizga o‘sgan.
Rossiya IIVsi ma’lumotlariga ko‘ra jami 285 ming kishi fuqarolik olgan bo‘lsa ulardan 146 mingi ukrainaliklardir. Shuningdek yangi pasport olganlarning 35 mingi Qozog‘iston, 30 mingi Tojikiston, 17 mingi Armaniston, 14 mingi O‘zbekiston, 11,5 mingi esa Moldaviya fuqarolaridir.
Ushbu raqamlar Rossiya aholisining tabiiy ko‘payishidagi kamchilikni qoplashga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda mamlakat aholisi 146 milliondan ziyodni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter