Retseptsiz berish mumkin bo‘lmagan dorilarni sotganlar uch yilgacha qamaladi
![Retseptsiz berish mumkin bo‘lmagan dorilarni sotganlar uch yilgacha qamaladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2862160039.jpg)
Retseptsiz berish mumkin bo‘lmagan dori vositalarini sotgan tadbirkorlarga qanday javobgarlik belgilangan?
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori maslahatchisi Muhabbat Ibragimova ushbu savolga javob berdi:
— Qonunchilikka ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop moddalar, giyohvandlik vositalari mavjud bo‘lmagan, retsept bilan beriladigan dori vositalarini retseptsiz sotish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi.
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarni retseptsiz sotish esa bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorida jarima, ikki yil axloq tuzatish ishlari yoki uch yillik qamoq jazosiga sabab bo‘ladi.
Dorixonalar muntazam ravishda bunday qonunbuzarlikni sodir etib kelgan taqdirda, bu holat litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanib, litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladi.
Dorixonalarga tadbirkorlik sub’yekti deb qaraladi. Holbuki, u yerda oq xalat kiygan mutaxassislar ishlaydi. Bu – ular barcha farmatsevtik talablarga to‘liq javob berishi kerak degani.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter