Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev yangi taklif bilan chiqdi

Rasul Kusherbayev yangi taklif bilan chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Telegramdagi kanalida Konstitutsiyaga tergov organini alohida tashkilot sifatida kiritish taklifini bildirdi.

Qayd etilishicha, bugungi tergov tizimida odil sudlovni amalga oshirishga xalaqit beruvchi omillar mavjud.

«Tergov organini alohida qilish vaqti keldi. Bu haqida ko‘p yillardan beri takliflar aytiladi. Biroq shu kunga qadar uni amalga oshirishning fundamental asosi yaratilmadi. Kamiga idoraviy manfaat yuzasidan bunga qarshilar ham ko‘p. Biroq afsuski, prokuraturada bir vaqtning o‘zida tergov funksiyasi ham mavjudligi sababli prokuraturani hamon fuqarolar manfaatini himoya qiluvchi, oqlovchi organ, deb bo‘lmaydi. Idora nufuzi va manfaati, «pogon hurmati» kabi inson omili bilan bog‘liq «qarichlar» uning oqlovchi sifatida odil sudlovni amalga oshirishiga xalaqit beradi.

Shuningdek, joylarda odil sudlovni amalga oshirishda muhim bo‘g‘in – ichki ishlar tergovchilarining bir vaqtning o‘zida hududiy IIB boshlig‘iga bo‘ysunishi ham mantiqsizlik. Chunki har doim ham IIB boshlig‘i tergovdan chiqqan, tergov sir sinoatlaridan xabardor shaxs bo‘lmasligi mumkin.Umuman aytganda, odil sudlovni amalga oshirishda tergovning har qanday ta’sirlardan holi, xolis organ bo‘lishi uchun barcha davlat organlari, shu jumladan, Ichki ishlar, prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmatining tergov funksiyalarini o‘zida jamlagan alohida tergov organini tashkil etish zarur. Ushbu masala Konstitutsiyada alohida aks ettirilishi kerak, deb hisoblaymiz. Bu demokratik prinsiplarga mos, inson huquqlari yuksak darajadagi odil sudlovni amalga oshirishga ko‘mak bergan bo‘lardi», – deb yozadi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring