Rasul Kusherbayev yangi lavozimga tayinlandi
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev vazir maslahatchisi bo‘ldi.
U bugun, 1 fevral kuni Tabiat resurslari vazirligida ish boshlagan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Sobiq deputat ekologiya mavzusida ko‘p chiqishlar qilgan va qator muammolarni ko‘tarib chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi negizida tashkil etilgan vazirlikni sobiq bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshqarmoqda.
Rasul Kusherbayevning deputatlik vakolati o‘z arizasiga muvofiq muddatidan oldin tugatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter