Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! Qurbon hayiti nishonlanadigan sana e’lon qilindi

Rasman! Qurbon hayiti nishonlanadigan sana e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston musulmonlari idorasining oyni kuzatish bo‘yicha Ishchi guruhining ilmiy izlanishlari, tajribali astronomiya markazlari va nufuzli fatvo hay’atlaridan olgan ma’lumotlariga ko‘ra, hijriy 1444 yil Zulhijja oyining yangi oy fazasi (hiloli) milodiy 2023 yil 18 iyun kuni quyosh botgandan so‘ng sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).

Ma’lumki, hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Islom dini ta’limotlari va mazkur ma’lumotlarga asoslangan holda diyorimizda Qurbon hayitining birinchi kuni 2023 yil 28 iyun kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Avvalroq Qurbon hayiti arafasida 5 kun dam berilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring