Rasman: Qurbon hayiti 31-iyul kuni nishonlanadi
Shavkat Mirziyoyev «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyul – juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020-yil 31-iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Mahalliy hokimliklar va tegishli tashkilotlar Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter