Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rashid Qodirovga tegishliligi aytilayotgan uy 10 milliard so‘mga sotuvga qo‘yildi

Rashid Qodirovga tegishliligi aytilayotgan uy 10 milliard so‘mga sotuvga qo‘yildi

Foto: «O‘zA»

Toshkent shahridagi M.Ulug‘bek tumani, Sadaf ko‘chasi, 5-berk, 7-9-uy Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo‘yildi, deb xabar berdi O‘zA.

Narxni oshirib borish tamoyili bo‘yicha auksionga qo‘yilgan mazkur mulkning ochiq auksion savdosiga qo‘yilgan boshlang‘ich bahosi 10 007 940 000 (o‘n millard yetti millon to‘qqiz yuz qirq ming) so‘m. Turar-joy binosi 10 ta xonadan iborat.

«Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi qaroriga ko‘ra, Yashnobod MIB bo‘limi tomonidan E-ijro auksion ochiq auksioniga qo‘yilgan mazkur turar-joy binosi ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga tegishli bo‘lib, uning turmush o‘rtog‘i nomida bo‘lgan», deb yozadi nashr.

Eslatib o‘tamiz, sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uchun R. Qodirovga, JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring