Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident raisligida navbatdagi videoselektor boshlandi

Prezident raisligida navbatdagi videoselektor boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Ma’lumki, o‘tgan yil iyun oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan edi.

O‘tgan davrda 10 dan ortiq davlatning tajribasi chuqur o‘rganildi, ijtimoiy xizmat bo‘yicha mutaxassis-ekspertlar bilan hamkorlikda sohaning ahvoli o‘rganildi. 

Tahlil va o‘rganishlar ko‘rsatganidek, odamlar tashvishini ichiga kirmagan, o‘zidan o‘tkazmagan eski tizim tubdan o‘zgarishi kerak va bu murakkab, kompleks jarayon.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring