Qur’oni karimning qoraqalpoq tilidagi ilk ma’nolar tarjimasi nashr qilindi
Qur’oni karimning qoraqalpoq tilidagi ilk ma’nolar tarjimasi va tafsiri nashrdan chiqarildi. Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
«O‘zbekiston» matbaa-poligrafiya ijodiy uyi nashriyoti tomonidan «Qur’oni karim ma’nolarining qoraqalpoq tilidagi tarjimasi va tafsiri» nomli kitob 8000 nusqada nashr etildi.
Mazkur kitob tarjimon Shamsuddin Bahauddinovning ijodiy mehnati mahsulidir. Unda muxaddas dinimiz asosiy manbasi hisoblangan Qur’oni karimning qoraqalpoq tilidagi ilk ma’nolar tarjimasi joy olgan.
Kitobga shuningdek, Shayx Abdulaziz Mansurning tafsir kitobi va arab tilidagi tafsir kitoblar manba qilib olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter