Qur’on musobaqalari katta ekranlarda onlayn namoyish etiladi
Yurtimizga fayzu-baraka bo‘lib, xalqimizning ixlosini orttirayotgan ko‘p bosqichli Qur’on musobaqasining so‘nggi, hal qiluvchi bosqichi bir necha kunlardan so‘ng boshlanadi.
Musobaqaning respublika bosqichi Toshkent shahri Talabalar shaharchasidagi «Yoshlar markazi»da 21-24-aprel kunlari (yigitlar o‘rtasida) va 25-26-aprel kunlari (ayol-qizlar o‘rtasida) o‘tkaziladi.
Ushbu bosqich musobaqaning so‘nggi, respublika bosqichi ekanligi hamda «Yoshlar markazi» saroyining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tomoshabinlar uchun Qur’on musobaqasi joylarda katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi.
Quyida musobaqa jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladigan masjid va boshqa joylar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
- Nukus shahridagi Imom Eshon Muhammad jome masjidi.
- Andijon shahridagi Devonaboy jome masjidi.
- Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi.
- Zomin tumanidagi «Ma’rifatli» jome masjidi.
- Navoiy shahridagi Alisher Navoiy jome masjidi.
- Namangan shahridagi «Yoshlar markazi» binosi.
- Samarqand tumanidagi Imom A’zam jome masjidi.
- Guliston shahridagi «Guliston» jome masjidi.
- Termiz shahridagi Murch bobo jome masjidi.
- Qarshi shahridagi «Ko‘kgumbaz» jome masjidi.
- Zangiota tumanidagi Zangiota jome masjidi.
- Farg‘ona shahridagi «Ummul quro» jome masjidi.
- Urganch shahridagi Oxund bobo jome masjidi.
- Toshkent shahridagi Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) jome masjidi.
- Toshkent shahridagi «Minor» jome masjidi.
- Toshkent shahridagi Hazrati Imom jome masjidi.
Toshkent shahri. Ayollar uchun:
- «Xalq iste’moli tovarlarining ko‘rgazma-yarmarka savdosi respublika markazi» («O‘zko‘rgazmasavdo»). Mo‘ljal: «Beruniy» metro bekati.
Musobaqani jonli uzatish 9:00 dan 18:00 ga qadar davom etishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter