Toshkentda sotilgan insulinning «tagi» aniqlandi
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining farmatsiya qo‘mitasi raisi Lyudmila Byurabekovaning ta’kidlashicha, 2019-yilda noqonuniy yo‘llar bilan Toshkentdagi dorixonalarga kelib qolgan insulinlar aslida Qozog‘iston aholisiga bepul yordam ko‘rsatish maqsadida «SK-Farmatsiya» korxonasi tomonidan 2018-yilda sotib olingan. Bu haqda «REGNUM» xabar berdi.
Byurabekovaning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) dorining qanday qilib chetga chiqib ketganini o‘rganmoqda. Qolaversa, Qozog‘iston SSV ham korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi bilan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazyapti.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 22-yanvar kuni Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov insulinni O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tish kanallarini tekshirishni so‘rab MXQ ga murojaat qilganini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter