Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegarachilar 47 kilogramm nosvoy olib ketayotgan o‘zbekistonlikni poyezddan tushirib qoldirishdi

Chegarachilar 47 kilogramm nosvoy olib ketayotgan o‘zbekistonlikni poyezddan tushirib qoldirishdi

Illyustrativ foto

«Toshkent-Volgograd» poyezdida 47 kilogramm nosvoy olib ketayotgan o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda «NewTimes.kz» axborot agentligi.

Xabarga ko‘ra, voqea Aqto‘be viloyatidagi «Jaysan» chegara postida yuz bergan. 323-raqamli «Toshkent-Volgograd» poyezdi tekshirilganida 1995-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik fuqaro 47 kilogramm nos (nosvoy) olib ketayotgani aniqlangan.

Xuddi shu poyezdning o‘zida yana bir o‘zbekistonlikni ushlashibdi: 1981-yilda tug‘ilgan yurtdoshimiz 212 kilogramm xalq iste’moli mollarini olib ketayotgan ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring