Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston va Rossiyadagi o‘zbekistonliklar jiddiy ogohlantirildi

Qozog‘iston va Rossiyadagi o‘zbekistonliklar jiddiy ogohlantirildi

So‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, ushbu davlatlarda yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi xabar qilinmoqda.

«Shu munosabat bilan, ushbu davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz», deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kuchli sovuq antitsiklon ta’sirida Qozog‘iston hududida harorat -30 darajagacha tushib ketgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring