Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Nelegal» tadbiri yuzasidan axborot

Qozog‘iston IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Nelegal» tadbiri yuzasidan axborot

2019 yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi kelishuvlarga asosan, Qozog‘istonning Nur-Sulton, Olma-ota va Chimkent shaharlarida o‘tkazilgan «Nelegal» tadbiri doirasidagi reydlar davomida vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, qiyin ahvolga tushib qolgan 5 nafar hamyurtimizga «Vatanga qaytish guvohnoma»si tayyorlanib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida «Nur-Sulton-Toshkent» aviareysi bilan olib kelinishiga erishildi.

Mazkur fuqarolar xalqaro aeroportda kutib olinib, yashash manzillariga qaytib ketishlari uchun ularga eng kam ish xaqining bir barobari miqdorida pul mablag‘lari ajratildi.

Shuningdek, ularning barchasi bilan filtr-so‘rov tadbirlari o‘tkazilib, davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, ish o‘rinlari va tadbirkorlik faoliyati uchun kreditlar olish turlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Hozirgi vaqtda Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazlarida saqlanayotgan 37 nafar yurtdoshimizni mamlakatimizga qaytarish choralarini ko‘rish davom ettirilmoqda.

IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring