Qovurilgan kartoshkaning xavfli tomonlari oshkor qilindi
Qovurilgan kartoshkani tez-tez iste’mol qilish inson tanasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu uning yuqori glisemik indeksga ega ekanligi bilan bog‘liq, mazkur omil o‘z navbatida qon aylanishini buzishi mumkin.
Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, diyetolog Yelena Solomatina ma’lumot berdi.
«Biz o‘z yeyayotgan narsamizdan tashkil topganmiz. Bu g‘alati ifoda, lekin haqiqat. Qovurilgan kartoshka, qaynatilgandan farqli o‘laroq, yuqori glisemik indeksga ega», - dedi shifokor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qovurilgan kartoshkani iste’mol qilish ko‘pincha qondagi glyukoza miqdorini oshiradi. Shu sabab tanada turli xil yallig‘lanishlar paydo bo‘ladi. Misol uchun, inson tanasi qon tomir endoteliyasining xolesterin bilan zararlanishini «davolaydi». Shu sababli, miya qon aylanishi yomonlashishi mumkin.
«Miya kislorod va ozuqa moddalarini kamroq qabul qila boshlaydi. Shu sababli u «buziladi», ya’ni ko‘plab neyronlar o‘ladi», — deya xulosa qildi Solomatina Sputnik radiosiga bergan intervyusida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter