Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda vazirlar jazolandi

Qoraqalpog‘istonda vazirlar jazolandi

Foto: Xabar.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli farmoyishi bilan bir qator vazirlarga jazo choralari qo‘llanildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Z.Ziyadullayev, Sog‘liqni saqlash vaziri M.Kurbanov, Maktabgacha ta’limi vaziri J.Usnatdinova, Xalq ta’limi vaziri R.Reyimovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari hamda topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish, topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rmaganligi uchun «hayfsan» e’lon qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i T.Bayekeyevga nisbatan Vazirlar Kengashining 2021 yil iyul oyidagi farmoyishi bilan «hayfsan» e’lon qilinganligi inobatga olinib — o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ye.Atashovga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri B.Xabibullayevga nisbatan, Nukus shahri hokimi U.Panayev, Bo‘zatov tumani hokimi M.Qaypanov va Taxiatosh tumani hokimi I.Matkarimovlarga nisbatan — intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi nomiga taklif kiritilganligi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring