Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda 50 ming oilaga 400 ming so‘mdan pul beriladi

Qoraqalpog‘istonda 50 ming oilaga 400 ming so‘mdan pul beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 15–16-noyabr kunlari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi natijalari bo‘yicha mazkur hududdagi kam ta’minlangan oilalarni qish mavsumida yanada qo‘llab-quvvatlash borasida bergan topshiriqlari asosida Hukumat farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berli.

Farmoyishga ko‘ra, 2018-yil dekabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlangan 50 ming oilaga ko‘mir xarid qilish va ularga qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlari uchun moddiy yordam tariqasida 400 ming so‘mdan bir martalik to‘lovlar ajratiladi.

Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun 20 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Ushbu mablag‘lar birinchi navbatda ijtimoiy nafaqa oluvchilarga, yolg‘iz pensionerlarga hamda Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Qorao‘zak tumanlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj kam taminlangan oilalarga ajratilishi nazarda tutilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring