Qoraqalpog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hozir qayerda?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar uchun nomzodlarni ro‘yxatga oldi.
Ro‘yxatga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Amanbay Orinbayev Shimboy tumani 56-«Berdaq» saylov okrugidan nomzodini qo‘ygan.
U Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan va yaqinda ishdan olingandi.
Uning o‘rnini Baxtiyar Torebekov egallagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter