Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qora mergan» va «Snayper bloger» bloklandi

«Qora mergan» va «Snayper bloger» bloklandi

Bir qator messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda anonim tarzda faoliyat olib borgan «Qora mergan» va «Snayper bloger» akkauntlari bloklangan. Aytilishicha, tozalash ishlari davom etyapti.

«Kimdir agar bilsa, «Qora mergan» degan bir jirkanch Telegram kanal bo‘lar edi. U asosan faollar, bloger va jurnalistlar hamda meni xoinlikda doim ayblar, barcha liberal qarashli jurnalistlarni AQShga ishlaydigan xoinlar yoki rangli inqilob qiluvchi guruhlar degan uydirma va iflos yorliqlarni yopishtirmoqchi bo‘lar edi. Bugun ushbu kanal bloklandi. Buning uchun Google, Apple kompaniyalariga va shaxsan Pavel Durovga katta rahmat», deb ma’lum qilgan Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov.

So‘nggi paytlarda Komil Allamjonov e’tibor markazida bo‘lib turibdi. U o‘ziga tuhmat qilganlikda ayblagan mustaqil jurnalist Sergey Yejkov ustidan tegishli organlarga murojaat qilgandi. Agar ish sudga oshsa, 66 yoshli Yejkovga 3 yilgacha ozodlikdan cheklash jazosi tayinlanishi mumkinligi haqida avval yozgandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring