Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vaziri qonun loyihalari nega o‘zbek tilida emasligiga izoh berdi

Adliya vaziri qonun loyihalari nega o‘zbek tilida emasligiga izoh berdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 24-may kuni O‘zbekiston adliya vazirligida blogerlar va jurnalistlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Adliya vaziri Ruslan Davletov ularni qiziqtirgan qator savollarga javob berdi.

Jumladan, bloger Sanjar Said ishlab chiqilayotgan va jamoatchilik muhokamaasiga qo‘yilayotgan qonun loyihalari nega faqat rus tilida ekani haqida savol berdi:

— Oldin loyihalar doimo rus tilida chiqardi, biz u muammoga barham berdik. Hozir barcha prezident, hukumatga oid hujjatlar, qarorlar o‘zbek tilida bor. Biz uch yildan beri barchadan talab qilyapmiz, davlat tilida qabul qilinadi hammasi, — deya izoh berdi Ruslan Davletov. — Qonun loyihalariga keladigan bo‘lsak, bu ularning ustida ishlaydigan xodimlar bilan bog‘liq. Xodimlarning u yoki bu tilning bilmasligi bilan bog‘liq. Ishlash jarayonida qulay bo‘lishi uchun shunday qilinadi. Ko‘pchilik o‘zbek tilini biladi, ammo ko‘chada gaplashiladigan til boshqa, hujjatlarda ishlatiladigan til boshqa. Ko‘pchilik shu masalada qiynaladi.

Ikkinchidan, biz bu masalaga ko‘p yillar davomida e’tiborsiz bo‘lib keldik. Ko‘p yillar davomida ruscha yozib, o‘zbekcha ishlaylik degan narsa kallamizga kelmagan. Shuning uchun sekin-sekin o‘zgaryapti bu tendensiya. Hatto bosh vazirimiz, prezidentimiz ham hujjatlarni davlat tilida taqdim etishni talab qilmoqdalar.

Yana muddat masalasi bor. Shunday hujjatlar bo‘ladiki, uni tez-tez berish kerak. Hukumat, vazirliklar talab qiladi. Shu sababli tez e’lon qilinadi, rus tilida. Lekin [қонун ҳужжатлари барибир] o‘zbek tilida bo‘lishi kerak. Buni qilamiz. Mana yaqinda davlat xizmatlari to‘g‘risidagi qonunni qo‘ydik, rus tilida. U ellik varaqdan iborat, bu juda katta. Muhokamadan keyin uni o‘zgartiramiz, agar uni o‘zbekchaga tarjima qilgan bo‘lsak, yana qayta tarjimaga qancha resurs, kuch ketadi. Bundan tashqari chet ellik mutaxassislarni jalb qilganmiz. Gruziyadan, Ozarbayjondan kelib o‘qishadi, bu qonunni, ular rus tilida o‘qishadi. Men sizga shunchaki holatni tushuntirib beryapman. Lekin bu narsa hal qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring