Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qodirov ishi» bo‘yicha yangi bayonot, arzon uylar xususida bosh vazir topshirig‘i, Sudanda davlat to‘ntarishi va boshqa xabarlar

«Qodirov ishi» bo‘yicha yangi bayonot, arzon uylar xususida bosh vazir topshirig‘i, Sudanda davlat to‘ntarishi va boshqa xabarlar

Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 11-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Huquq

Bosh prokuratura «Qodirov ishi» bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto:«Xabar.uz»

2019-yil 8-aprel kuni internet tarmog‘ida Amnesty International tashkilotining go‘yoki sobiq bosh prokuror R.Qodirovga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik ishlatilgani, qo‘pol munosabatda bo‘lingani, shuningdek boshqa sudlanuvchilarga nisbatan haligacha qiynoqlar xavfi saqlanib qolinayotganligi to‘g‘risidagi murojaati e’lon qilindi.

Jamiyat

Abdulla Aripov Sergelida qurilayotgan uylarning narxini tushirish bo‘yicha topshiriq berdi

Bugun, 11-aprel kuni Sergeli tuman hokimligida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabulda Sergeli tumanida qurilgan imtiyozli uylarning narxi va sifati yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi. Bosh vazir tomonidan tegishli mutassaddi rahbarlarga narxlarni maksimal darajada kamaytirish hamda xonadonlar sifatini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Xorij

Sudanda harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirdi

Sudan armiyasi mamlakatda harbiy davlat to‘ntarishi amalga oshirdi. Bu haqida «Al-Mayadin» telekanali xabar berib o‘tdi.

Xabar qilinishicha, harbiylar prezident Umar al Bashirni barcha lavozimlardan olib tashlab, hukumatni tarqatib yuborgan. Prezident saroyi askarlar va bronetexnika bilan o‘rab olingan. 

Tavsiya qilamiz

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «GM Uzbekistan»ga dakki berdi

«WikiLeaks» asoschisi Julian Assanj Londonda qo‘lga olindi

«Arzon degan nomi bor, xolos...» Oliy Majlis deputati Sergelidagi uylar haqida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring