Qizchalar onasi tarbiyasiga qaytdi
Yoshi ulug‘larning fikricha, qiz bolaning baxti ko‘proq uyda onasidan olgan tarbiyasiga bog‘liq.
Qizlar hali voyaga yetmagani, ona tarbiyasiga muhtojligi sabab sud ham 8 va 6 yoshli ikki qizaloqni onasi tarbiyasiga olib berilishini belgilagan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining 08.12.2023 yildagi ijro hujjatiga ko‘ra, 2 nafar bolalar otasi N.B.dan onasi X.B. tarbiyasiga olib berilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ijro hujjati yuzasidan Byuroning Asaka tuman bo‘limi xodimlari ijro harakatlari olib bordi.
Mas’ul idora vakillari bilan o‘tkazilgan majburiy ijro harakatlari natijasida X.B.ning ikki nafar qizi uning tarbiyasiga olib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter