Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qish uyqusidagi tipratikan «o‘lik»ka o‘xshaydi, uni ko‘mishga shoshilmang...

Qish uyqusidagi tipratikan «o‘lik»ka o‘xshaydi, uni ko‘mishga shoshilmang...

wallpapers.com

Hech kim o‘z hovlisida yoki yo‘lda o‘lik hayvonni ko‘rishni xohlamaydi, lekin bu noyabrdan martgacha qish uyqusida bo‘lgan kirpi bo‘lishi mumkin.

Odatda, ular uyquga ketish uchun xavfsiz o‘ra qazishadi, lekin bizda yashil maydon, butalar yoki o‘rmonlar tobora kamayib bormoqda va ular uchun qishda tunash uchun xavfsiz joy topish tobora qiyinlashmoqda.

Shuning uchun ular gohida qish uyqusi uchun xavfsizlik va issiqlik izlab hovlingizga kelishlari mumkin. Ba’zan ular joy qidirib shunchalik charchaydiki, yo‘l chetlari yoki yo‘laklar kabi noqulay joylarda uxlab qolishadi. Qish uyqusi vaqtida ularning yurak urishi va umumiy tana faoliyati quvvatni tejash maqsadida bir oz sekinlashadi, bu esa xuddi tipratikan o‘lgandek sizni chalg‘itishi mumkin.

Har qanday holatda, agar siz harakatsiz kirpi ko‘rsangiz, u xavfsiz, issiq joyda ekanligiga ishonch hosil qiling va u bu yerda besh oy davomida qolishi mumkin. Agar siz hovlingizdan yoki tashqaridan tipratikan topsangiz, sovuq oylarni bexavotir o‘tkazishi uchun karton qutiga yoki quruq, xavfsiz  sokin joyga o‘ra qiling va uni joylang. Kirpi yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan tur bo‘lib, mutlaqo zararsiz va bizning ekotizimimizda juda muhim.

Ular qo‘ng‘izlar, qurbaqalar, kaltakesaklar, ilonlarni, shu jumladan zaharlilarini yeyishadi. Ular sichqonlarning uyalarini ham yo‘q qiladi.

Kirpilar asalarilar yoki arilardan qo‘rqmaydilar. Kirpi osongina ari uyasini yo‘q qilishi va ularni yeyishi mumkin, ularning chaqishiga esa e’tibor bermaydi.

Olimlar uzoq vaqtdan beri tipratikanlarning kuchli zaharlarga, jumladan ilon chaqishiga qarshi immunitetini payqashgan. Ushbu hodisa hali ham olimlarga noma’lum. Xullas sovuq oylarda kirpini uchratib qolsangiz unga g‘amxo‘rlik qiling. Bunday ajoyib jonzotga yordam berish sizga hech qanday muammo keltirmaydi.

                                                                                                   Azizbek Hamroyev tarjimasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring