Qimor o‘ynagan zalolat botqog‘iga botadi
Insonda pulga bo‘lgan qiziqish azaldan mavjud, lekin uni topishga, egalik qilishga bo‘lgan yondoshuv har xil kechadi.
Iqtisodda «Pul feteshizmi» degan tushuncha bor. Bu — pulga mukkasidan ketish, har bir narsani pul bilan o‘lchash, pul hamma muammoni hal qiladi, degan qarashdir.
Lekin pul topishning 2ta yo‘li bor: halol va harom. Qaysi yo‘lni tanlash har bir kishining o‘ziga, uning dunyo qarashiga, saviyasiga, diniy e’tiqoti va savodiga bog‘liq.
Yaxshi tarbiya ko‘rgan, diyonatli odamlar haromdan hazar qiladi. Ro‘zg‘orini, bola-chaqasini halol yo‘l bilan pul topib boqishni o‘zlariga amal qilib olgan bo‘ladi.
Ammo «totalizator» o‘yinlarida pul tikib, yengil pul topish, haromdan hazar qilmaslik, firibgarlik, aldov, tarozidan urish va boshqa nohalol yo‘l bilan pul topuvchilar ham, afsuski, ko‘p.
Bu masalada aholini 3 turga bo‘lish mumkin:
Birinchisi, tabiatan, har qanday holatda ham qimor o‘yinlariga qiziqmaydi va qimor o‘yinlari ishtirok etmaydilar. Bunga, asosan diniy e’tiqod, oila tarbiyasi, qonun bilan jazoga tortilishi va boshqalar sabab bo‘ladi.
Ikkinchisi, qimor o‘yinlariga qiziqishadi, imkoniyatlaridan kelib chiqib qimor o‘yinlarida ishtirok etadilar. Ular qimor o‘yinlarigaasosan «ko‘ngilochar» mashug‘ulot sifatida qaraydilar, turli do‘stlar va jamoalar ta’sirida ishtirok etishga qiziqishadi.
Uchinchisi, qimor o‘yinlariga kasb sifatida qaraydilar, bu turdagi insonlarni qimor o‘ynashlarini hech qanday sabab tiyib tura olmaydi, hatto diniy va qonunchilik bilan taqiqlanganiga qaramay, ular o‘zlarini to‘xtatolmaydilar. Bu toifadagi insonlar atrofdagi barcha hodisalarni qimor o‘yinlari kabi talqin qilishadi. Shuning uchun qimor o‘yinlari taqiqlangan mamlakat fuqarolari asosan eng katta qimor o‘yinlariga moslashgan hududlarga turist bo‘lib borishadi. Masalan: Las-Vegas, Monte-Karlo, Azov-Siti, Makao, Singapur.
Qimor o‘yinlari, xususan totalizator o‘yinlari aniq matematik hisob-kitobga asoslangan. Bu o‘yinlarni tashkil etuvchilar hamisha foydaga ega bo‘ladi, ular yutqazmaydilar. Kelib tushgan pulning 4/2 yoki 3/2 qismi ular tomonidan o‘zlashtiriladi. Ushbu o‘yinlardan katta foyda o‘yin egasi, juda ozgina qismi o‘yin ishtirokchilariga tegadi va ko‘pchilik bu o‘yinlarda yutkazadi. O‘yinda yutganlar, yutuqlaridan mag‘rurlanib, xursand bo‘lib, jar soladi, hammaga maqtanadilar, o‘yinlarni reklama qilinishiga katta hissa qo‘shadilar. Oqibatda minglab o‘yin ishtirokchilarining chuv tushushiga zamin yaratadilar.
Aslida qimor o‘yinlarida o‘rtakash va dallollik vazifasini bajaruvchilar aniq yutadi. Aytganimizdek, qimor aniq hisoblarga asoslangan materitsalar bo‘lib, unda totalizator yoki bukmeker tomonidan yutuqni kim olishi va kim yutkazishi aniq bo‘ladi. Ishonuvchan insonlar esa «omadni sinash» va «har doim yutuqli» kabi yolg‘on eforiyalar hisobiga pullaridan ayriladi va xatto qarzga botib, qullikka tushib qolishi mumkin.
Qimor o‘ynab pul topish, avvalo kishining psixologik qarashlariga nisbatan sodir bo‘ladi. Osonlik bilan bir marta pul topgan odam, o‘sha puldan rag‘batlanadi va yana harom pul topishga qo‘l uraveradi. Vaholanki, harom yo‘l bilan topilgan, kimningdir aziyat chekishi, norozi bo‘lishi, nadomadda qolishi evaziga topilgan pul yuqmaydi, vaqti kelib uning zarari nafaqat moddiy, shu bilan birga ma’naviy ziyon keltiradi. Eng dahshatlisi, do‘zax hukmiga duchor bo‘ladi.
Qimor o‘yinlaridan hazar qilishimiz kerak, halol ishlab, mehnatdan, qobiliyatdan, tadbirkorlikdan, mulkdan pul topishga odatlanib, turmush farovonligimizni muttasil oshirib borishga va go‘zal hayot kechirishga harakat qilishimiz zarur.
Rustam Hasanov,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter