Prezident yoshlar masalasida qilinayotgan ishlardan norozi bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun yoshlar masalasi bo‘yicha videoselektor o‘tkazmoqda.
«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, davlat rahbari yig‘ilish avvalida yoshlar bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
— Yil boshidan buyon yoshlar masalasida ikkinchi marotaba videoselektor yig‘ilishi o‘tkazayotganimiz bejiz emas. Chunki bu masalada olib borilayotgan ishlardan noroziman. Ba’zi tuman hokimlari mas’uliyatni his eta olmayapti.
Joriy yilda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha, oldimizga katta marra va muhim vazifalarni belgilab olganmiz.
Yanvar oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2 ta ustuvor yo‘nalish – yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Ammo bu topshiriqlar ijrosi bo‘yicha qilinayotgan ishlar talabga javob bera olmaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilish davomida misol tariqasida ta’kidlanishicha, Andijon viloyatida 80 ming nafar ishsiz yoshlardan, birinchi chorakda 35 ming 600 nafarining bandligi ta’minlangan bo‘lsa, shundan bor-yo‘g‘i 5 mingga yaqini doimiy ishlarga joylashtirilgan, xolos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter