Qidiruvdagi shaxslar va jarimalar: IIV uchun mobil ilova nimalardan iborat?
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari uchun mobil qurilmalarga mo‘ljallangan ilova taqdim etilgan edi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi uchun yaratilgan mazkur «Xavfsiz hudud» mobil ilovasi bir qator qulaylik va afzalliklarga ega.
Xususan, «Tezkor qo‘ng‘iroq» tugmasi orqali tuman Ichki ishlar boshqarmasi markazi ishonch telefon raqamiga qo‘g‘iroq qilish va zaruriy murojaatlarni amalga oshirish mumkin.
Bundan tashqari «Yangiliklar» rukni orqali IIV tizimida amalga oshirilayotgan eng so‘nggi islohotlar va o‘zgarishlar haqida tezkor boxabar bo‘lish, ilovada joylashgan kompas orqali esa eng yaqin IIB bo‘limi qayerda joylashganini bilib olish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, «Jarima hisoblagich» rukni foydalanuvchiga transport vositasidan foydalanilganda amalga oshirilgan qoidabuzarlikka qancha jarima belgilanishi lozimligini ko‘rsatib beradi.
«Qidiruvdagi shaxslar» rukni — turli jinoyatlarni sodir etib, hozirda huquq-tartibor organlari xodimlari tomonidan qidirilayotgan shaxslar haqida ma’lumotlar va ularning suratlari bilan berilgan.
Shu bilan birga ilova foydalanuvchilari tezkor foto va video tasvirlarni IIBga yuborib, jinoyat yoki qoidabuzarlik sodir etilishining oldini olishida o‘z xizmatlarini qo‘shishi mumkin.
Hajmi 28 megabaytgina bo‘lgan ilovani quyidagi manzil orqali ko‘chirib olish mumkin:
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter