Qashqadaryo hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Qobilov Anvar Eshpo‘lotovich — Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Anvar Qobilov tayinlovga qadar u Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo filiali mudiri lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Azizov Murodullo G‘aniyevich — Qashqadaryo viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Murodullo Azizov tayinlovga qadar «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tijorat departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — marketing bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq hokimning ikki o‘rinbosari ishdan olingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter