Qarzdorligi yo‘q ikki korxonadan MIB hisobiga pul tushdi. Nega?
Toshkentdagi «AZIYA INVEST FAVORIT» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «Toshkent ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi»dan Majburiy ijro byurosining Yashnobod va Bektemir tuman bo‘limlari depozit hisob raqamlariga jami 10 million kelib tushdi.
Qarzdorligi yo‘q, shuningdek, o‘zlariga nisbatan birorta ijro hujjati mavjud bo‘lmagan korxonalardan aynan undiruvga mas’ul organ hisobiga pul o‘tkazilishi g‘ayritabiiydek ko‘rinishi mumkin. Biroq ajablanishga hojat yo‘q.
Hozirgi sinovli kunlarda hech kimga oson emas. Ayniqsa, aholining kamharj qatlamiga. Shuni e’tiborga olib, nomi tilga olingan korxonalar MIB depo-hisobiga pul o‘tkazdiki, maqsad tabiiy resurslardan hosil bo‘lgan qarzdorlikni to‘lash imkoniyati cheklangan odamlarga yordam ko‘rsatishdir.
MIB Toshkent shahar matbuot xizmatiga ko‘ra, ayni mablag‘ to‘lov imkonini topa olmayotgan fuqarolarning qarzdorligini qoplash uchun yo‘naltirib berildi.
Saxovatning shakli ko‘p, illo savobi bitta. Saxovatpeshalarning topganiga baraka bersin!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter