Qarshilik 38 yoshli fuqaro avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘z joniga qasd qildi
Qarshi shahrida yashagan fuqaro N.N. o‘z joniga qasd qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga Qashqadaryo viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, Qarshi shahrida yashagan 38 yoshli N.N. shaharning «Oydin» MFY, Jayxun ko‘chasida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida joriy yilning 19-yanvar kuni o‘zini-o‘zi osib, joniga qasd qilgan.
Marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter