Anvar Sanayev konserti uchun chiptalar o‘qituvchilarga majburan sotilayotgani aytilmoqda

«O‘qituvchi» kanali tomonidan xabar qilinishicha, Qarshi shahrida maktab o‘qituvchilariga Anvar Sanayev va Zokir Ochildiyevlarning konsertiga chipta majburan sotilmoqda.
Xabarda aytilishicha, o‘qituvchilar chiptani 35 ming so‘mdan sotib olishga majbur. Shikoyat xati muallifi «konsert o‘tadigan amfiteatrda sharoit yo‘qligi va 35 ming so‘m to‘lab quruq taxtada o‘tirib kelishi»ni aytib o‘tgan.
Bu holatga mutasaddi rahabarlar alohida e’tibor qaratishini so‘rab qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter