Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qars ikki qo‘ldan chiqadi

Qars ikki qo‘ldan chiqadi

Foto: «Xabar.uz»

Qor yog‘ib, sovuq kunlar tushishi bilan energetika tizimi asosiy muhokama mavzusiga aylandi. Jamoatchilikning savoli bitta: qishga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilganmi?

Bunga javoban rasmiy minbarlarda quyidagi raqamlar aytildi:

  • Respublika bo‘yicha jami 100 ta yuqori kuchlanishli podstansiya, 11,5 mingta transformator va 34 ming kilometr tarmoqlar yangilandi.
  • 675 megavattga teng yangi quvvatlar ishga tushirildi, yil oxirigacha yana 1997 megavattli 8 ta yirik elektr stansiyasi ish boshlaydi.
  • Aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 5 milliard kub metr kafolatli gaz manbalari hal qilindi. Yerosti omborlarida yetarlicha gaz zaxirasi jamlandi.

Xulosani o‘zingiz qilasiz.

Yurtimizga rostmana qish kelib, havo harorati keskin pasayib ketdi. Albatta, bunda tizimga bosim ortib, ta’minotda muammolar bo‘lishi mumkin, lekin ular zudlik bilan hal qilinishi aytilmoqda.

Chunki hozir energetika sohasi 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilgan. Mas’ul tashkilotlar barcha muammoni o‘sha zahoti yechish uchun shay holatga keltirilgan. Qariyb 7 ming 200 nafar xodimni o‘zida jamlagan 1 ming 691 ta brigada tunu kun har qanday vaziyatga tayyor qilib qo‘yilgan.

Shunday sovuq kunlarda nafaqat davlat, balki barchamiz energiya resurslarini asrab-avaylashimiz kerakligi, elektr tarmoqlariga turli isitish moslamalarini ulashda ushbu uy uchun mo‘ljallangan normadan oshirib yubormasligimiz lozimligi aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring