Qarishni sekinlashtirishning yo‘li topildi
Olimlar inson qarishini sekinlashtirish usulini o‘ylab topishdi. Nyu-York universiteti olimlarining ushbu tadqiqot natijalari haqida «Medical Express» nashri xabar bergan.
Mutaxassislar miya qarishining dastlabki belgilari 47 yoshga kelib paydo bo‘lishi va 60 yoshga kelib, kognitiv buzilish darajasi eng yuqori nuqtaga yetishini aniqladilar. Keksayish miyadagi glyukozaning kamayib ketishi natijasida ro‘y beradi. Shuningdek neyronlarda boshlangan ochlik sabab miya bo‘limlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tarmoqlari izdan chiqadi. Bu esa o‘z navbatida qarishga yetaklaydi.
Ammo, bu jarayonni oddiy uglevodlar iste’molini o‘z ichiga olgan diyetadagi o‘zgarishlar asosida oldini olish yoki to‘xtatish mumkin. Olimlar glyukozani ketonlar bilan almashtirishni taklif qilishdi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bunday parhez miyaning o‘zaro ta’sirini yaxshilaydi va kognitiv faollikni oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter