Qarish jarayonini tezlatib, odam umrini uzaytirish mumkin — olimlar
Dyuk universiteti olimlari odamlarning qarish jarayoni o‘zgarmas tezlikda kechishini aniqlashdi. Bu ilmiy kuzatuvlar natijalari «Nature Communications» nashri tomonidan yoritildi.
Ilmiy tadqiqotlar davomida odamlar va bir necha turdagi maymunlarning o‘limlariga oid jadvallar solishtirilgan. Turlarning hayoti davomiyligi ularning o‘lishi bilan sinxron (uyg‘un) kechishi olimlarning e’tiborini tortdi: ular qancha uzoq yashasa — o‘limi ham bir tarzda yuz beradi.
Olimlar kelgan xulosa shu bo‘ldiki, tur vakillarining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi oshgani sayin ularning o‘lim vaqti o‘rtasidagi farq tekislanib boradi — hammaning umri deyarli bir xil vaqt oralig‘ida tugaydi. Aniqlangan yana bir g‘alati fakt shuki, umr ko‘rish chegarasini qarish jarayonini tezlatish hisobiga kengaytirish mumkin ekan. Ayni bir paytda, eng qiyini — mana shu omilni o‘zgartirishdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter