Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qanday holatlarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?

Qanday holatlarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?

Foto: «Shymkent13.ru»

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi holatlarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:

  • so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;
  • belgilanmagan transport vositalarida yetkazib berilgan bo‘lsa;
  • veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;
  • ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi ma’lumotnomasi bo‘lmasa;
  • veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi bo‘lmasa;
  • oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, parrandalarning patlari yulinmagan bo‘lsa;
  • xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan bo‘lsa;
  • veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring