«Qamchiq»da YHTga uchragan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi
Joriy yilning 25-iyun kuni soat 09:50larda «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining navbatchi-dispetcheriga ma’lumot kelib tushgan.
Unga ko‘ra, «A373 Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 250,5 km. «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlanib borayotgan «ISUZU» rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotish (tormoz ishlamay qolishi) natijasida yo‘lning o‘ng qismida harakatlanayotgan «HOWO» rusumli yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan. Oqibatda «ISUZU» haydovchisi hamda uning yo‘lovchisi tan jarohati olishgan.
Mazkur xabar yuzasidan «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.
Qutqaruvchilar tomonidan ko‘rsatilgan birinchi tez tibbiy yordamdan so‘ng ular Pop tumani markaziy shifoxonasiga yetkazildi.
O‘z vaqtida ko‘rsatilgan birinchi yordam sababli haydovchi va yo‘lovchining hayoti saqlab qolingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter