Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qadriyat bayrami

Qadriyat bayrami

Yurtimizda Navro‘z bayrami shukuhi kezib yuribdi. Bu azaliy qutlug‘ ayyomni munosib darajada kutib olindi. Zotan, insoniyatning tabiat bilan hamohang bo‘lib yashashining yorqin timsoli bo‘lmish ushbu milliy bayramning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Bu borada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ham xalqimizni Navro‘z bayramini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishlari uchun yurtimiz bo‘ylab targ‘ibot tadbirlarini olib borayotir. Mazkur targ‘ibot tadbirlariga xalqimiz ardog‘idagi aktyor va aktrisalar, taniqli xonandalar va keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

— Navro‘z — mehr-oqibat, qadriyat bayrami bo‘lish bilan birga milliyligimizni butun bo‘y-basti bilan ham ko‘rsatib beradi, — deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi Maxfirat Zikirova. — Buni yurtimizning shaharu qishloqlaridagi xalq sayillarida aholini chiqishlarida ham ko‘rdik. Har bir viloyat har bir tuman o‘ziga xos milliy urf odatlarni olib chiqishdi. Bu shunchaki namoyish emasdi. Bularning barchasini zamirida ma’naviy qadriyatlarimizni kelajaka avlodga keng targ‘ib qilish maqsadi mujassam. Ayniqsa, o‘zbekning g‘ururi-orini ko‘rsatib beruvchi ko‘pkari, kurash o‘yinlari yigitlarimizni  yepchilikka, mardlikka va jasurlikka o‘rgatish bilan birga bizni millatimizga xos bo‘lmagan turli g‘oyalarni oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, keksalarga izzat ko‘rsatish, odamiylik, yaxshi  qo‘shnichilik, xayr-saxovat, bag‘rikengik va bunyodkorlik muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analrimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish borasida Navro‘zning ahmiyati tobora ortib bormoqda.

Bu yiligi Navro‘z bayrami har bir yurtdoshimizning qalbiga kirib bordi, desak adashmaymiz, — deydi Markazning San’at va madaniyat tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i  Rajab Rajabov. —  Oddiygina maktab jamoasi jam bo‘lib sumalak, bahor tamomlaridan tayyorlab ulashishdi, qizlarimiz milliy liboslarda sochlarini qirq kokil qilib, xalq qo‘shiqlarini kuylashdi. Mana shunday milliy ana’analrimiz tarannum etgan bahor bayrami o‘ylaymanki, yoshlarimiz qalbida qadriyatlarimizga bo‘lgan mehrni  uyg‘ota oladi.

Bu borada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ham o‘zini munosib hissasini qo‘shdi. Yurtimiz hududlarida bayram sayillari ko‘tarinki ruhda davom  etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring