Toshkentdagi OTMda qalloblik aniqlandi
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida ishlovchi T.Sh.da institut yotoqxonalari uchun mebel sotib olish yuzasidan o‘tkazilgan tanlovda bir dona krovat uchun 915.000 so‘mdan yetkazib berish taklifi mavjud bo‘lgan. Ammo u qimmatroq variantni taklif etgan tadbirkorlik sub’yektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatganligi natijasida 360 dona krovatlar haqiqiy bozor bahosidan 18.000.000 so‘mga qimmat narxda sotib olinganligi aniqlandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan T.Sh.ga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan ayb e’lon qilindi, tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter