Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura: «O‘zbekiston havo yo‘llari» xodimlari qonunni buzmagan

Prokuratura: «O‘zbekiston havo yo‘llari» xodimlari qonunni buzmagan

Foto: «Spot.uz»

O‘zbekiston transport prokuraturasi tomonidan M.Subhanovning «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning Bangkok shahridagi xodimlari harakatlaridan norozi bo‘lib yozgan arizasi o‘rganib chiqildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

M.Subhanov o‘z arizasida 2018-yil 11-iyul kuni «Bangkok—Toshkent» yo‘nalishidagi reysga ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng uchib ketish zalida aeroport ishchilari va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning Bangkok shahridagi xodimlari F.Sultonov va Sh.Bo‘rixo‘jayev tomonidan to‘xtatilib, qo‘l yuki ruxsat etilgan me’yordan ortiqligi sababli qo‘shimcha to‘lov amalga oshirish lozimligi, aks holda reysdan qoldirilishini aytishganligi, shundan so‘ng majburan 100 AQSh dollari to‘laganligi, undan qo‘shimcha to‘lov undirilganidan norozi ekanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda fuqaro M.Subhanovdan undirilgan qo‘shimcha to‘lov qonuniy undirilib, g‘aznaga kirim qilinganligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning Bangkok shahridagi xodimlari F.Sultonov va Sh.Bo‘rixo‘jayev tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi aniqlangan va bu haqda ariza muallifiga javob berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring