Prokuratura Angrenda jasadi topilgan marhumning o‘limi sababini ma’lum qildi
10 yanvar kuni Angren IYeSga qarashli dam olish maskani hududidan oqib o‘tuvchi soydan dam olish uchun kelgan 70 yoshli erkakning murdasi topilgani haqida xabar berilgandi.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumning o‘limiga umumiy tashqi muhitdagi past harorat ta’sirida organizmni umumiy sovuq qotishi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter