«Printer» operatsiyasi amalga oshmay qoldi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qoidalari buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga «Xovosobod» chegara bojxona posti orqali tovar-moddiy boyliklar mayda partiyalarda olib o‘tilishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir o‘tkazishdi.
Fuqaro X.Z. ning yashash xonadonidan chiqib, Xovos-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan fuqaro N.A. boshqaruvidagi «Opel» rusumli yengil avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Yangiyer shahar IIB YHXB blok-postida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida avtomashina saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 18 000 000 so‘mlik, jami 12 dona «Canon 1/3» rusumli printerlar borligi aniqlandi.
Yuk egasi esa ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur 12 dona printerni postdan birinchi marotaba harakatlanayotgan fuqarolarni ma’lum haq evaziga yollab, «Xovosobod» chegara bojxona posti orqali bo‘lib-bo‘lib olib o‘tilishini tashkillashtirganini ma’lum qildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter