Prezidentning yangi qarori ommaga e’lon qilindi
Prezident qarori bilan aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi. Jumladan:
- ichki ishlar organlariga o‘z tashabbusiga ko‘ra narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqi beriladi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab:
- narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish bo‘yicha barcha tibbiy tekshiruvlarni narkologiya dispanserlarining o‘zida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshiriladi;
- narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratiladi;
- narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi ishlarni elektron tarzda sudlarga yuborish va sudlar tomonidan ularni videokonferensaloqa rejimida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi;
- narkologiya dispanserlaridagi mavjud bo‘sh koykalar soni to‘g‘risida ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyatini beruvchi axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda Oliy sud va IIVga ushbu tizimdan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
- 2023-yil 1-yanvardan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining ambulator va statsionar bo‘limlarida 1 stavkadan faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiy psixolog yoki psixoterapevt lavozimlari joriy etiladi;
- tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 o‘rinli mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter