Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi
«Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-337, 16.10.2023 y) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
- «SILK AVIA» MChJ ustav kapitalidagi «Uzbekistan Airports» AJning 100 foiz ulushini uning brendini saqlab qolgan holda «Uzbekistan Airways» AJ tarkibidagi «Uzbekistan Helicopters» MChJ ustav kapitaliga o‘tkaziladi;
- «Uzbekistan Airports» AJning 3 ta «ATR72-600» rusumli havo kemasi «SILK AVIA» MChJga beg‘araz o‘tkaziladi;
- «SILK AVIA» MChJ faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida «ATR72-600» rusumli havo kemalari soni oshiriladi;
- «Uzbekistan Airways» AJ tarkibidagi «Uzbekistan Helicopters» MChJ zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish hamda «ATR72-600» rusumli havo kemalari parkini rivojlantirish vazifalari yuklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter