Prezidentning ushbu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokidagi brifinglar qisqa tanaffusdan so‘ng qayta tiklangani haqida xabar berilgandi.
Brifingda davlat rahbarining bu hafta ish rejasi ma’lum qilindi.
Jumladan:
- Tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
- 28-29 iyul kunlari Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyevning Tashkilot tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvi ko‘zda tutilgan.
- 25-26 iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi va unda 20 dan ortiq davlat delegatsiyalari ishtirok etadi. Ularga Prezident murojaati yo‘llanadi.
Brifingda o‘tgan hafta davlat rahbari ishtirokidagi tadbirlar haqida ham batafsil axborot berildi.
Sherzod Asadov prezidentning yakshanbasi qanday o‘tgani haqida:
«Haftaning so‘nggi kuni yakshanba dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan davlatimiz rahbari uchun faol tarzda kechdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari, shuningdek, Turkiya Respublikasi yetakchilari bilan telefon orqali muloqotlar qildi.
Muloqotlarda xorijiy davlat rahbarlari Prezidentimizni tavallud ayyomlari bilan qutladilar, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarning yanada rivojlantirish borasida suhbat qildilar.
Shu o‘rinda alohida qayd etib o‘tish lozim, Prezidentimizning ochiq va pragmatik tashqi siyosati tufayli mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi oshib bormoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari, sa’y-harakatlari xalqaro miqyosda keng e’tirof etilmoqda.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun hurmatli Shavkat Miromonovich Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlanganliklari ham buning bir ifodasi bo‘ldi».
Avvalroq prezident matbuot kotibi millionlab odamlar uyiga xursandchilik olib kiradigan qarorga to‘xtalib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter