Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi

Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi

Foto: Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasi

Asadjon Xo‘jayev Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Ma’lumot uchun: Asadjon Xo‘jayev 1970-yilda tug‘ilgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti va Prezident huzuridagi davlat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha elektraloqa muhandisi, iqtisod magistri.

Oxirgi paytlarda O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi o‘rinbosari — Prezident matbuot xizmati rahbari bo‘lib ishlayotgandi. Undan oldin — 2012—2017-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Asadjon Xo‘jayev bundan oldin Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring